Lugʻat
Omnikanal inbox
Boshqacha nomi: Omnichannel inbox · Yagona inbox · Multikanal inbox
Omnikanal inbox — bu WhatsApp, Telegram, Instagram, email, saytdagi chat va qoʻngʻiroqlar kabi turli kanallardan kelgan murojaatlarni bitta roʻyxatga yigʻib, bir joydan javob berish imkonini beradigan tizim.
Mijoz oʻziga qulay kanalda yozadi: kimdir Telegramda, kimdir Instagramda, kimdir pochtada. Kanallar alohida ilovalarda qolsa, xodimlar ular orasida oʻtib yuradi va xabarlar yoʻqoladi. Omnikanal inbox ularni bitta navbatga keltiradi.
Har bir kanalning oʻz qoidalari saqlanadi: fayl hajmi, matn uzunligi, mijozga qachon yozish mumkinligi. Yaxshi tizim bu cheklovlarni yashirmaydi: javob yozayotganingizda koʻrsatib turadi.
Ristida qanday
Ristida kanal “ilova” deb ataladi. Ulash uchun Sozlamalar › Ilovalar › Ilovalar doʻkoniga kiring: WhatsApp, Telegram bot, Telegram akkaunt, Instagram, pochta, saytdagi chat va telefon tizimlari (Sipuni, OnlinePBX, SIP liniya). Ulanganlari Oʻrnatilgan ilovalar roʻyxatida turadi.
Har bir ilova sahifasidagi Taqsimlash boʻlimida suhbatlar qaysi jamoaga borishini tanlaysiz; jamoa tanlanmasa, ular asosiy jamoaga tushadi. Ilovani Uzish suhbatlar va ularning tarixini oʻchirmaydi. Barcha kanallar: Kanallar.