Asosiy qismga o‘tish
Bepul boshlash

Har bir suhbat uchun bitta dasturxon.

WhatsApp, Telegram, Instagram, pochta va saytdagi chat bitta umumiy inboxga keladi. Jamoangiz har birini oladi, birga javob beradi va hech kim uzoq kutib qolmaydi.

Kanalni ulang — xabarlar bir necha daqiqada kela boshlaydi.

Mijozlaringiz allaqachon yozadigan joyda

  • WhatsAppRasmiy Cloud API
  • Telegram botBot API
  • Telegram akkauntO‘z raqamingiz
  • InstagramDirekt xabarlar
  • PochtaGmail yoki istalgan pochta
  • Saytdagi chatSaytingiz uchun vidjet

Beshta telefon, uchta chat, bitta javobsiz mijoz.

Ko‘p jamoalar mijozlarga shaxsiy telefonlardan va o‘nlab oynalardan javob beradi. Xabarlar smenalar orasida yo‘qoladi, bitta savolga ikki kishi javob beradi, soat 23:40 da yozgan mijoz esa hech narsa eshitmaydi.

Risti barcha suhbatlarni bitta dasturxonga yig‘adi, har birining yonida mas’ulning ismi bor.

Chorsu Home
Salom! Divan hali bormi?Kechirasiz, javob bera olasizmi?Hali javob yo‘q
Menejer 2
Можно доставку в субботу?Уточню и напишу
chorsuhome
Is the rug 160×230?Hello??Hali javob yo‘q
Sayt
Are you open tomorrow?Hali javob yo‘q
Umumiy telefon
Who is handling my order?Asking Aziz…Asking Madina…

Risti bilan tong qanday o‘tadi

  1. 09:02

    Barcha kanallar bitta ro‘yxatda

    WhatsApp, Telegram, Instagram, pochta va saytingizdan yangi xabarlar bitta ro‘yxatga tushadi. Kanal har bir avatarda ko‘rinadi, shuning uchun qayerda javob berishni doim bilasiz.

  2. 09:05

    Oling — hamma bilsin

    Bir marta bosing — suhbat sizniki. Hamkasbni yordamga chaqiring yoki kuzatuvchi qo‘shing. Hech kim ikki marta javob bermaydi, hech kim unutilmaydi.

  3. 09:11

    Mijoz ko‘rmaydigan joyda maslahatlashing

    Ichki izohlar o‘sha yozishmada, sariq rangda turadi. Hamkasbni belgilang, muhimini qadang, xabarga reaksiya qo‘ying.

  4. 09:40

    Soati bor va’dalar

    So‘rovni raqami, turi va muddati bor tiketga aylantiring. Risti ish soatlarini hisoblaydi, mijozni kutayotganda to‘xtatib turadi va kechikishdan oldin ogohlantiradi.

  5. 10:31

    Qo‘ng‘iroqlar o‘sha yozishmada

    Telegram va WhatsApp qo‘ng‘iroqlari brauzerda jiringlaydi. Qo‘ng‘iroq va uning yozuvi mijoz suhbatiga, xabarlari yoniga tushadi.

Mening suhbatlarim
Dilnoza Rahimova09:02
Salom! Divan hali bormi?
Timur Alimov09:01
Можно доставку в субботу?
Olga Petrova08:51
Спасибо! А можно ссылку?
Kamila Sodiqova08:40
Is the Nilufar rug 160×230?
Bekhruz Studio08:31
Invoice for the office order
Rustam Karimov08:02
Rahmat, kutaman
Dilnoza RahimovaWhatsApp · +998 90 000 12 34
CH-1042Yetkazib berish muammosiYuqori12 daqiqada javob bering
Salom! Divan hali bormi? Lola, 3 kishilik.
Aziz suhbatni 09:05 da oldiMadina yordam bermoqda
Va alaykum assalom! Ha, bor. Rangini tanlaysizmi?
Izoh @Madina, kulrang g‘ilof bormi?
Dilnozadan WhatsApp qo‘ng‘irog‘i6:12
Yozib olingan, suhbatda
WhatsAppda javob…
Bu suhbatdagi odamlar
Aziz NurmatovMas’ul
Madina YusupovaYordamchi
Elena SokolovaKuzatuvchi

Qo‘llab-quvvatlash jamoasiga kerak bo‘lgan hamma narsa. Ortiqchasi yo‘q.

Bu bo‘limdagi hamma narsa bugun Risti’da bor. Hali ishlab chiqilayotganlari quyida belgilangan.

Tiketlar va muddatlar

Har bir so‘rovga raqam, tur va va’da bering. Risti ish soatlarini hisoblaydi va kechikishdan oldin ogohlantiradi.

CH-1042Yetkazib berish muammosi

Lola divani: eman oyog‘i yorilgan

12 daqiqada javobYuqori
Birinchi javob09:11 da bajarildi
Keyingi javob12 daqiqa
Hal qilish muddatiJuma 18:00
Tiketlar

Brauzerda qo‘ng‘iroqlar

Telegram va WhatsApp qo‘ng‘iroqlariga telefonni olmasdan javob bering. Yozuv suhbatda qoladi.

Dilnozadan Telegram qo‘ng‘irog‘i6:12
Qo‘ng‘iroqlar

Jamoalar va rollar

Mas’ul, yordamchi, kuzatuvchi. Kimda nima borligini hamma ko‘radi.

AzizMas’ul
MadinaYordamchi
ElenaKuzatuvchi
Jamoalar

Hamma narsa bo‘yicha qidiruv

Barcha kanallardagi har bir xabar, izoh va fayl. ⌘K — istalgan joydan.

CH-20417
…CH-20417 buyurtmasi bugun yetkazildi
Umumiy inbox

API va vebxuklar

Faqat siz ruxsat bergan ishni qila oladigan kalitlar. Hodisalar serveringizga darhol yuboriladi.

POST your-server.com/risti
{ "type": "chat.message.created",
  "channel": "whatsapp" }
Dasturchilar uchun

Ko‘p brendlarga xizmat qiladigan jamoalar uchun

Agentliklar har bir mijoz uchun alohida tashkilot ochadi. Ularning inboxlari orasida qayta kirmasdan o‘ting, har bir mijozning kanallari, odamlari va ma’lumotlari esa o‘zida qoladi.

Agentliklar uchun Risti
Yulduz AgencySizning agentligingiz
  • CChorsu Home
    128 ta ochiq
  • MMehr Clinic
    41 ta ochiq
  • NNilufar Textiles
    17 ta ochiq
Namuna tashkilotlar. Har birining o‘z kanallari, odamlari va ma’lumotlari bor.

Mijozlaringiz ma’lumotlariga jiddiy yondashamiz

Mijozlaringiz sizga o‘z xabarlarini ishonib topshiradi. Risti bu ishonchni saqlashingiz uchun yaratilgan.

Xavfsizlik haqida
  • Ma’lumotlar bitta mintaqada qoladi

    Tashkilot yaratilganda tanlanadi. Xabarlar, zaxira nusxalar va qidiruv o‘sha yerda qoladi.

  • Ikki bosqichli kirish va SSO

    Hammadan ikki bosqichli kirishni talab qiling yoki Okta, Entra ID yoki Google Workspace orqali kiring.

  • Har bir o‘zgarish jurnali

    Kirishlar, rol o‘zgarishlari, takliflar va eksportlar yozib boriladi.

  • Ma’lumotlaringiz sizniki

    Barcha suhbatlarni istalgan vaqtda, istalgan tarifda eksport qiling.

Ko‘p beriladigan savollar

Risti nima?

Risti — mijozlar bilan suhbatlar uchun umumiy inbox. WhatsApp, Telegram, Instagram, pochta va saytdagi chat bitta joyga keladi, jamoangiz u yerda birga biriktiradi, javob beradi va ishni oxiriga yetkazadi.

Qaysi kanallarni ulash mumkin?

Meta’ning rasmiy Cloud API orqali WhatsApp, Telegram botlari va akkauntlari, Instagram, pochta va saytingiz uchun chat vidjeti.

Bitta mijozga ikki marta javob bermaslik uchun nima qilamiz?

Har bir suhbatning bitta mas’uli bor. Boshqalar yordam berishi yoki kuzatishi mumkin, ro‘yxat esa kimda nima borligini ko‘rsatadi. Biriktirilmagan suhbatlar alohida navbatda kutadi.

Biz bir nechta mijozga xizmat ko‘rsatamiz. Bu mos keladimi?

Ha. Har bir mijoz uchun tashkilot yarating va ularning inboxlari orasida bitta akkauntdan o‘ting. Har bir mijozning kanallari, odamlari va ma’lumotlari alohida qoladi.

Risti qaysi tillarda gapiradi?

Butun ilova ingliz, rus va o‘zbek tillarida, mijozlaringiz esa istalgan tilda yozishi mumkin.

Mijozlaringiz uchun dasturxon yozing.

Birinchi kanalni ulang va jamoangizni taklif qiling. Bu bir necha daqiqa oladi.